KIBERXAVFSIZLIKKA QARSHI QARATILGAN JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA ZARAR KELTIRUVCHI DASTURLAR TAHLILI
Keywords:
Kiberxavfsizlik, kiberjinoyat, malware, zararli dasturlar, raqamli makon, raqamli izlar, raqamli kriminalistika.Abstract
Globallashuv sharoitida kiberxavfsizlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar tobora kengayib, ularning xavflilik darajasi va ijtimoiy xavfi oshib bormoqda. Ayniqsa, zarar keltiruvchi dasturlardan foydalanish orqali sodir etilayotgan jinoyatlar raqamli makonda huquqbuzarliklarning yangi shakllarini yuzaga keltirmoqda. Mazkur tezis kiberjinoyatlarni tergov qilish samaradorligini oshirishda zarar keltiruvchi dasturlarni kriminalistik tahlil qilishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish va amaliy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida zarar keltiruvchi dasturlarning kriminalistik ahamiyati, ularni identifikatsiya qilish, klassifikatsiya qilish hamda tergov jarayonida raqamli dalil sifatida to‘plash va ekspertiza qilishning o‘ziga xos xususiyatlari chuqur o‘rganilgan. Kriminalistika, axborot texnologiyalari huquqi va raqamli forenzika sohalaridagi ilg‘or xorijiy va milliy tajriba qiyosiy tahlil qilinib, mavjud muammolar va kamchiliklar aniqlangan. Asosiy natija sifatida zarar keltiruvchi dasturlarning kriminalistik klassifikatsiyasi tizimi taklif etilgan bo‘lib, bu ularning turlarini aniqlash, faoliyat mexanizmlarini tushunish va jinoyatning izlarini izlashda amaliy ahamiyatga ega. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv va tergov jarayonida zarar keltiruvchi dasturlarni aniqlash, ularning funksional xususiyatlarini o‘rganish va jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatli ma’lumotlarni ajratib olish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.
2. Mirziyoyev, Sh. M. (2017). Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
3. Shukurov,U. (2019). Kiberjinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. Huquq va burch, (3), 45-48.
4. Jo‘rayev, H. (2020). Axborot xavfsizligi va kiberhimoya asoslari. Toshkent: Fan va texnologiyalar.
5. Kim, D. (2018). Cybercrime Investigation and Digital Forensics. Springer.
6. Casey, E. (2011). Digital Evidence and Computer Crime: Forensic Science, Computers, and the Internet. Academic Press.
7. National Institute of Standards and Technology (NIST). (2013). Guide to Computer Security Log Management. NIST Special Publication 800-92.
8. SANS Institute. (2021). Malware Analysis Fundamentals. SANS Technical Papers.
9. Northcutt, S., & Novak, J. (2012). Network Intrusion Detection: An Analyst's Handbook. New Riders.
10. Carrier, B. (2005). File System Forensic Analysis. Addison-Wesley Professional.
11. Prosise, J., & Mandia, K. (2003). Incident Response & Computer Forensics. McGraw-Hill Education.