IJTIMOIY DAVLAT TUSHUNCHASINING NAZARIY MOHIYATI
Keywords:
Ijtimoiylik, davlat, adolat, himoya, huquq, farovonlik, birdamlik.Abstract
Mazkur maqolada ijtimoiy davlat tushunchasining nazariy mohiyati, uning shakllanish asoslari va zamonaviy davlat boshqaruvidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ijtimoiy davlat inson qadr-qimmati, ijtimoiy adolat, teng imkoniyatlar va aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan siyosiy-huquqiy institut sifatida talqin etiladi. Maqolada ijtimoiy davlat konsepsiyasi T. H. Marshallning ijtimoiy fuqarolik nazariyasi, A. Senning imkoniyatlar yondashuvi hamda xalqaro tashkilotlarning ijtimoiy himoya bo‘yicha qarashlari asosida yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy davlatning asosiy vazifalari, tamoyillari va ijtimoiy himoya tizimi bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Tadqiqotda ijtimoiy davlatning faqat moddiy yordam ko‘rsatuvchi mexanizm emas, balki inson salohiyatini rivojlantiruvchi va jamiyat barqarorligini ta’minlovchi tizim ekani asoslanadi. Maqola ijtimoiy ish, sotsiologiya, huquqshunoslik, davlat boshqaruvi va ijtimoiy siyosat yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun nazariy-metodologik ahamiyatga ega.
References
1. Marshall, T. H. Citizenship and Social Class. Cambridge: Cambridge University Press, 1950.
2. Sen, Amartya. Development as Freedom. New York: Alfred A. Knopf, 1999. Shuningdek qarang: Internet Encyclopedia of Philosophy. Sen’s Capability Approach.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir. 1-modda. 30.04.2023.
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir. 14-modda. 30.04.2023.
5. The World Bank. Social Protection and Jobs Overview. Washington, DC: World Bank.
6. International Labour Organization. R202 — Social Protection Floors Recommendation, 2012 (No. 202). Geneva: ILO, 2012.