JIGAR SIRROZI BEMORLARIDA BUYRAK FUNKSIYASI BUZILISHLARI

Authors

  • Bahriyev Aslbek G‘iyosiddin o‘g‘li Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Author

Abstract

Dolzarbligi. Jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda portal gipertenziya va tizimli gemodinamik o‘zgarishlar buyrak perfuziyasining pasayishiga olib keladi[1]. Natijada glomerulyar filtratsiya tezligi kamayishi, kreatinin va mochevina ko‘rsatkichlarining ortishi kuzatiladi. Klinik kuzatuvlar sirroz og‘irligi ortishi bilan buyrak funksiyasi buzilishlari chastotasi ham ortib borishini ko‘rsatadi[3]. Ayniqsa jigar sirrozining dekompensatsiya bosqichi gepatorenal sindrom rivojlanish xavfi sezilarli darajada yuqori bo‘ladi[2]. Shu sababli jigar sirrozi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak funksiyasi ko‘rsatkichlari va kasallik og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash muhim ilmiy va klinik ahamiyatga ega.

References

1. Francoz C., Nadim M., Baron A. The evaluation of renal function and disease in patients with cirrhosis. Journal of Hepatology, 2010.

2. Carvão J., Pereira V. Challenges in measuring renal function in liver cirrhosis. Acta Gastro-Enterologica Belgica, 2020.

3. Ranasinghe I., et al. Hepatorenal Syndrome. StatPearls Publishing, 2023.

Downloads

Published

2026-03-15