HOZIRGI KUNDA YOSHLARNING HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MA’DANIYATGA BO‘LGAN EHTIYOJI

Authors

  • Muhammadiyeva Dilsora Nizomiy nomidagi O‘zMPUning Tarix fakulteti Milliy g‘oya ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yunalishi 101-guruh talabasi Author

Keywords:

Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, yoshlar siyosati, huquqiy tarbiya, fuqarolik jamiyati, huquqiy savodxonlik, yoshlar huquqi, demokratik davlat, raqamli huquq.

Abstract

Ushbu maqolada yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarining mohiyati, ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishning dolzarb yo‘llari tahlil etiladi. Maqolada yoshlarning huquqiy bilimga bo‘lgan ehtiyoji, huquqiy tarbiyaning oila, maktab va oliy ta’lim muassasalaridagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, raqamli muhitda yoshlar huquqlarining muhofazasi, huquqiy ong shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va davlat yoshlar siyosatining ushbu sohadagi roli ham o‘rganiladi. Xulosa sifatida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Downloads

Published

2026-05-15