“EKSTREMISTIK MATN AVTORIZATSIYASI: LINGVISTIK-EKSPERT YONDASHUV”

Authors

  • Abror Kurbonmuratov Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi. Author

Keywords:

ekstremistik matn, avtorizatsiya, mualliflikni aniqlash, lingvistik ekspertiza, nutqiy ta’sir, pragmatika, diskurs.

Abstract

Mazkur tezis ekstremistik mazmundagi matnlarda mualliflikni aniqlash masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, lingvistik-ekspert yondashuv asosida ekstremistik matn avtorizatsiyasining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ekstremistik matn avtorizatsiyasi muallif shaxsiga xos barqaror lingvistik belgilarni aniqlashga qaratilgan kompleks jarayon sifatida talqin etiladi. Leksik-semantik, grammatik, stilistik va pragmatik ko‘rsatkichlarning avtorizatsiya jarayonidagi roli ochib beriladi. Shuningdek, muallif pozitsiyasi, kommunikativ niyat va nutqiy ta’sir strategiyalari ekstremistik matnlarda mualliflikni aniqlashning muhim mezonlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sud-lingvistik ekspertiza amaliyotida hamda ekstremistik faoliyatni aniqlash va oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosalarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.

Downloads

Published

2026-01-15