ALISHER NAVOIY "NASOYIM UL-MUHABBAT" TAZKIRASIDA NAQSHBANDIY ZIKRI USLUBI
Keywords:
Naqshbandiya, tasavvuf, xafiy zikr, xilvat dar anjuman, vuqufi qalbiy, Alisher Navoiy, ma’naviy kamolot, shariat, sunnat, robita.Abstract
Ushbu maqolada Naqshbandiya tariqatining falsafiy-axloqiy asoslari hamda uning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida Hazrat Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan «Xilvat dar anjuman», «Nazar dar qadam» kabi fundamental ruknlar hamda zikrning «vuquf» (zamoniy, adadiy, qalbiy) tamoyillari tahlil qilingan. Shuningdek, Imom G‘azzoliy va Alisher Navoiy qarashlari prizmasi orqali tariqatning shariat va sunnat bilan uyg‘unligi, tasavvufiy zikrning qalb poklanishidagi amaliy ahamiyati yoritilgan. Maqolada Naqshbandiya ta’limoti nafaqat diniy-mistik tizim, balki shaxsni ijtimoiy faollik va qat’iy intizomga yo‘naltiruvchi mukammal axloq maktabi ekanligi ilmiy asoslab berilgan.
References
1. Марҳабо Давлатовна ПАРДАЕВА. АЛИШЕР НАВОИЙНИНГ “НАСОЙИМ УЛ-МУҲАББАТ” АСАРИДА НАҚШБАНДИЯ ТАРИХИ ВА МОҲИЯТИ
2. Турар Усмон Тасаввуф тарихи. -Т.: «Истиқлол», 1999.-1806.110, 108
3. Нажмиддин Комилов. Тасаввуф. —Т.: «Movarounnahr» — «Oʻzbekiston», 2009. —448 б.
4. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 17-жилд 256,259