ALISHER NAVOIY MEROSI: RAQAMLI DAVR VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR INTEGRATSIYASI
Keywords:
Alisher Navoiy, mumtoz adabiyot, raqamli filologiya, raqamli transformatsiya, madaniy xotira, umuminsoniy qadriyatlar, aksiologiya, ma’naviy meros, ilmiy paradigma.Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodiy merosining zamonaviy raqamli makon sharoitida qayta talqin qilinishi hamda uning tarkibidagi umuminsoniy qadriyatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan uzviy integratsiyasi masalalari kompleks va tizimli yondashuv asosida tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida Navoiy asarlarida mujassam bo‘lgan insonparvarlik, axloqiy yetuklik, ma’rifatparvarlik va adolat konseptlarining raqamli transformatsiya jarayoniga kelib, mazkur davr yoshlariga yagona na’muna sifatida xizmat qila olishi aniqlanadi. Hamda raqamli filologiya, madaniy xotira va aksiologiya kesishmasida shakllanayotgan yangi ilmiy paradigma doirasida Navoiy ijodining milliylik va universallik o‘rtasidagi dialektik munosabati ochib beriladi.Tadqiqot natijalari raqamli davrda mumtoz adabiy merosni saqlash va ommalashtirishning nazariy-metodologik asoslarini boyitish, shuningdek, Navoiy g‘oyalarining transmadaniy kontekstda barqaror aktualizatsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi.
References
1. Navoiy, A. (2007). Xamsa.
2. Navoiy, A. (2010). Mahbub ul-Qulub.
3. Karimov, I. (2015). O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi.