TA’LIM INFRATUZILMASIDAGI O‘ZGARISHLARNING YOSHLAR SALOHIYATIGA TA’SIRI: QASHQADARYO VA SURXONDARYO MISOLIDA

Authors

  • Kаdirovа Yаkitjаn Buvаbаyevnа TerDU Jahon tarixi kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Pedаgogikа fаnlаri bo`yichа fаlsаfа doktori (PhD) Author

Keywords:

ta’lim infratuzilmasi, yoshlar salohiyati, Qashqadaryo, Surxondaryo, raqamli ta’lim, oliy ta’lim, kadrlar tayyorlash, modernizatsiya.

Abstract

Maqolada Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 1991–2023 yillar davomida ta’lim infratuzilmasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar va ularning yoshlar intellektual, kasbiy hamda ijtimoiy salohiyatiga ta’siri ilmiy-tahliliy yondashuv asosida o‘rganiladi. Maktablar, litsey-kollejlar, oliy ta’lim muassasalari, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari, AKT infratuzilmasining kengayishi, yangi o‘quv majmualari va zamonaviy ta’lim standartlarining joriy etilishi yoshlarning bilim darajasi, kasb-hunar egallashi, mehnat bozoriga moslasha olish layoqati hamda madaniy-ma’naviy rivojiga ko‘rsatgan ta’siri aniqlanadi. Hududlar kesimida ta’lim infratuzilmasi rivoji hamda yoshlar migratsiyasi, bandlik imkoniyatlari va ijtimoiy faollik o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy asosda tahlil qilinadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim sohasiga oid qarorlari (1997–2023).

2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Toshkent, 1997.

3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hisobotlari (2000–2023).

4. Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari, 2005–2023.

5. Surxondaryo viloyati statistika hisobotlari, 1998–2023.

6. Hasanov A. “Hududiy ta’lim infratuzilmasining modernizatsiyasi”. — Toshkent: Fan, 2020.

7. Yuldasheva M. “Oliy ta’limning hududiy rivojlanishdagi o‘rni”. Qarshi: Nasaf, 2021.

8. UNESCO. “Education for Sustainable Development in Central Asia”, 2022.

9. Asian Development Bank (ADB). “Uzbekistan Education Sector Assessment”, 2021.

10. Termiz va Qarshi davlat universitetlari ilmiy yillik to‘plamlari (2017–2023).

Downloads

Published

2026-03-29