HUDUDLARDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLARNI TAHLIL QILISH
Keywords:
tadbirkorlik, hududuy rivojlanish, iqtisodiy siyosat, moliyalashtirish, infratuzilma, kichik biznes, tadbirkorlik muhiti, raqobatbardoshlik, innovatsiya.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining turli hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida uchrayotgan dolzarb muammolar har tomonlama tahlil qilinadi. Tadbirkorlik — iqtisodiyotning muhim drayveri sifatida, nafaqat yangi ish o‘rinlarini yaratishda, balki mahalliy byudjet daromadlarini oshirishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Biroq, hududlarda tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar mavjud. Ular qatoriga moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatining cheklanganligi, soliq va ruxsat beruvchi tartib-taomillarning murakkabligi, infratuzilma yetishmovchiligi, malakali ishchi kuchi tanqisligi va normativ-huquqiy muhitdagi barqarorlik yetishmasligi kiradi.
References
1. S. G‘ulomov. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish asoslari. – Toshkent: Moliya, 2019.
2. Q. Jo‘raev, M. Ahmedov. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
3. N. Q. Muradova. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning nazariy asoslarini takomillashtirish. Iqt. fan. doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – T.: 2016.
4. A. Allayarov. O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish tendensiyalari. – Toshkent: Innovatsiya, 2021.