BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING YOSH VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI, MILLIY TARBIYA RUHINI RIVOJLANTIRISHNING OʻZIGA XOS JIHATLARINI TARAQQIYOT STRATEGIYASIDAGI AHAMIYATI
Keywords:
Boshlangʻich taʻlim , milliy tarbiya , milliy ruh , xalq pedagogikasi, milliy oʻyinlar , oʻzlikni anglash , psixologik rivojlanish , innovatsion metodika.Abstract
Ushbu maqolada bugungi kunda taʻlim tizimining ustuvor vazifalaridan biri hisoblangan boshlangʻich sinf oʻquvchilarida milliy tarbiya ruhini shakllantirishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Maqolaning dolzarbligi shundaki, kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik rivojlanish bosqichlari — ixtiyoriy diqqatning shakllanishi, koʻrgazmali-obrazli tafakkurning ustunligi va emotsional taʻsirchanlik kabi xususiyatlar milliy qadriyatlarni singdirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. Tadqiqot davomida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yosh xususiyatlariga mos ravishda xalq pedagogikasi anʻanalari, milliy oʻyinlar va ogʻzaki ijod namunalaridan foydalanishning pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi. Muallif tomonidan bolalarning intellektual va maʻnaviy rivojlanishida milliy oʻzlikni anglashning oʻrni yoritib berilgan hamda oʻquv jarayonida milliy ruhni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 23 avgust kuni Xalq taʻlimi tizimini rivojlantirish , pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “ Maʻnaviy – maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida “ gi PQ -3160 – sonli // https:// lex.uz/ docs / 3360950.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “ Maʻnaviy – maʻrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora – tadbirlar toʻgʻrisida “ gi PQ - 4307 – son Qarori // https:// lex.uz/ docs / 4320700.
4. . Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “ Maʻnaviy – maʻrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida “ gi PQ -5040 – sonli Qarori // https:// lex.uz/ docs / 5344692.
5. Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq”.
6. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri “.
7. Saʻdiy SHeroziy “Guliston”.
8. Izmaylov A. E. Pedagogika, 1991. 144-b.
9. M.Mid “Samoda ulgʻayish” 1927.