TINGLOVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIM OLISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
mustaqil ta’lim, kompetensiya, tinglovchi, o‘quv faoliyati, motivatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, o‘z-o‘zini boshqarish, kreativlik.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirishning dolzarbligi va pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritilgan. Muallif tomonidan tinglovchilarning o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirish, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari tahlil qilingan. Maqolada mustaqil ta’limni tashkil etishning bosqichlari va tinglovchilarda mas’uliyatlilik hamda kreativ fikrlashni oshirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim oluvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda mustaqil izlanishning ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
References
1. Muslimov N.A. va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent: “Sano-standart” nashriyoti, 2015.
2. Ziyomuhammedov B. Pedagogik mahorat. – Toshkent: “Tibbiyot nashriyoti”, 2021.
3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). – Toshkent: Iste’dod, 2008.
4. Muslimov N.A. Kasbiy ta’limda mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi // Kasbiy ta’lim jurnali. – Toshkent, 2020. – №2.
5. Raxmatov Z.K. Tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini boshqarish mexanizmi // Xalq ta’limi ilmiy-metodik jurnali. – 2022. – №4.