OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BARQAROR RAQOBAT USTUNLIKLARINI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA STRATEGIK BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
strategik boshqaruv; barqaror raqobat ustunligi; OTM; raqobat; raqobatbardoshlik; intellektual kapital; narrativ sharh.Abstract
Mazkur tezis oliy ta’lim muassasalarida (OTM) strategik boshqaruvni takomillashtirishning nazariy-kontseptual asoslarini barqaror raqobat ustunligini shakllantirish prizmasida yoritadi. Tadqiqot 2012–2022 yillarda Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy ishlarga tayangan holda narrativ adabiyotlar sharhi asosida olib borildi. Tezisda OTMlarda raqobatning kuchayish sabablari (globalizatsiya, bozorlashtirish, moliyalashtirish qisqarishi, reytinglar va akkreditatsiya talablari) hamda raqobatning ko‘p darajali (ichki–tashqi; milliy–global) tabiatiga urg‘u beriladi. Tahlil natijasida “raqobat → raqobatbardoshlik → barqaror raqobat ustunligi” zanjiri OTM strategik boshqaruvining mantiqiy yadrosi sifatida umumlashtirildi. Barqaror ustunlikning asosiy manbai sifatida taqlid qilib bo‘lmaydigan ichki resurslar, xususan intellektual kapital, bilim boshqaruvi, innovatsion qobiliyat va strategik rahbarlik kompetensiyalari ajratib ko‘rsatildi. Rivojlanayotgan mamlakatlar (jumladan Markaziy Osiyo) kontekstida raqobatni faqat reyting va metrikalar orqali boshqarish salbiy oqibatlarni kuchaytirishi mumkinligi asoslanib, sifat, innovatsiya va ijtimoiy ta’sirni muvozanatlashtiruvchi strategiyalar taklif etildi.
Downloads
References
1. Krücken, G. (2021). Multiple competitions in higher education: a conceptual approach. Innovation, 23(2), 163–181.
2. Musselin, C. (2018). New forms of competition in higher education. Socio-Economic Review, 16(3), 657–683.
3. Naidoo, R. (2018). The competition fetish in higher education. European Educational Research Journal, 17(5), 605–620.
4. Teixeira, P.N., Rocha, V., Biscaia, R. et al. (2012). Competition and diversity in higher education. Higher Education, 63, 337–352.
5. Mahdi, O.R., Nassar, I.A., & Almsafir, M.K. (2019). Knowledge management processes and sustainable competitive advantage. Journal of Business Research, 94, 320–334.
6. Pedro, E., Alves, H., & Leitão, J. (2022). Intellectual capital, performance and quality of life in HEIs. Higher Education, 83(2), 243–260.
7. Secundo, G., et al. (2017). An intellectual capital framework to measure universities’ third mission. Technological Forecasting and Social Change, 123, 229–239.
8. Fantauzzi, C., et al. (2019). Creating Value in the Entrepreneurial University. Administrative Sciences, 9(4), 82.