UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARIGA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA ASOSIY METODLAR VA ULARNING DIDAKTIK TAMOYILLARI

Authors

  • Fayzullayev Musobek Tursunkul o‘g‘li Jizzax davlat pedagogika universiteti fayzullaevmusobek@gmail.com Author

Keywords:

Matematika ta’limi, Didaktik tamoyillar, O‘qitish metodlari, Evristik metod, Muammoli ta’lim, Ilmiy izlanish metodlari, STEAM texnologiyasi.

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan asosiy metodlar va ularning didaktik tamoyillari tahlil qilinadi. Dars jarayonidagi asosiy didaktik maqsadlar, ularning shakllanishi va dars tarkibidagi o‘rni yoritib beriladi. Muallif matematika o‘qitish metodikasini o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati nuqtayi nazaridan ikki tomonlama jarayon sifatida ko‘rib chiqadi. Maqolada ilmiy izlanish metodlari, evristik yondashuvlar, muammoli ta’lim, hamda zamonaviy STEAM texnologiyasi doirasida qo‘llaniladigan metodlarning afzalliklari va o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dars metodlari keng yoritilgan. Muallifning fikricha, muammoli ta’lim orqali o‘quvchilarni o‘qitish nafaqat bilim berish, balki ularni faol ishtirokchi sifatida ta’lim jarayoniga jalb qilish imkonini beradi. Maqola umumta’lim maktablarida matematik ta’lim samaradorligini oshirishda metodik yondashuvlarning amaliy ahamiyatini ochib beradi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Matematika fanini o`qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo`yicha o`quv-uslubiy majmua.Termiz – 2020.

2. S. Alixonov. “Matematika o’qitish metodikasi”. cho’lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2011.

3. Yunusova D.I. Ta’lim texnologiyalari asosida matematik ta’limni tashkil etish. T., “Universitet”, 2005

4. Tursunkul oʻg‘li, Fayzullayev Musobek, and Omonov Bekjon Roʻziqul oʻg‘li. "PIFAGOR TEOREMASINING OCHILISHI TARIXI."

Downloads

Published

2026-03-07