INGLIZ VA OʻZBEK YANGILIK MEDIADISKURSIDA O'ZLASHMA SO’ZLARNING PRAGMATIK FUNKSIYALARI
Keywords:
mediadiskurs, o‘zlashma so‘zlar, pragmatik funksiyalar, kommunikativ strategiya, diskursiv tahlil, ingliz tili, o‘zbek tili, ommaviy axborot vositalari, til va madaniyat, globalizatsiya, media tili, til transformatsiyasiAbstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek mediadiskursida o‘zlashma so‘zlarning pragmatik funksiyalari qiyosiy va diskursiv yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy ommaviy axborot vositalari, internet nashrlari va raqamli media platformalarida uchraydigan o‘zlashma leksikaning kommunikativ vazifalari, auditoriyaga ta’sir mexanizmlari hamda diskursiv strategiyalari aniqlanadi.
Maqolada o‘zlashma so‘zlarning mediadiskursdagi qo‘llanilishi orqali ishonchlilik yaratish, modernlik imijini shakllantirish, prestij effekti hosil qilish, axborot ta’sirchanligini kuchaytirish va auditoriya ongiga bilvosita ta’sir ko‘rsatish kabi pragmatik funksiyalar ilmiy asosda ochib beriladi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek mediatilida o‘zlashma so‘zlarning semantik moslashuvi, madaniy kontekstga integratsiyalashuvi va diskursiv ahamiyati qiyosiy tahlil orqali yoritiladi.
Downloads
References
1. Fairclough, N. (1995). Media Discourse. London: Edward Arnold.
2.van Dijk, T. A. (2008). Discourse and Power. New York: Palgrave Macmillan.
3.Crystal, D. (2003). English as a Global Language. Cambridge: Cambridge University Press.
4.Yo‘ldoshev, M. (2010). Diskurs va matn lingvistikasi. Toshkent: Fan.
5.Rahmatullayev, Sh. (2006). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Universitet.
6.Mahmudov, N. (2012). Til va tafakkur. Toshkent: Fan.
7.G‘ofurov, I. (2017). O‘zbek tilida o‘zlashma so‘zlar muammosi. Toshkent: Fan.