BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ONA TILI O‘QITISHNING KOMMUNIKATIV PARADIGMASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
kommunikativ yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, ona tili darslari, nutqiy kompetensiya, grammatik ko‘nikmalar, til o‘rgatish texnologiyasi, lug‘at boyligi, interaktiv metodlar, pedagogik texnologiyalar, didaktik yondashuv, ta’lim samaradorligi, nutq madaniyati, metodika, baholash mezonlari.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida kommunikativ yondashuvni tatbiq etishning nazariy hamda pedagogik asoslari kompleks tahlil etilgan. Zamonaviy ta’lim paradigmasi talablari asosida o‘quvchilarda tilga oid bilimlarni faqat nazariy darajada egallash emas, balki ularni real kommunikativ vaziyatlarda amaliy qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirish dolzarb masala sifatida qaraladi. Kommunikativ yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yoshga xos psixologik va kognitiv xususiyatlariga mos kelib, ularning nutqiy faolligini oshirish, grammatik bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish hamda mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada mazkur yondashuvning mazmun-mohiyati, uning lingvistik va didaktik asoslari, hamda boshlang‘ich ta’lim tizimidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Downloads
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 56 b.
2. Абу Наср Фаробий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. – Тошкент: Ёзувчи, 2001. – 64 б.
3. Asqarova D.Q. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi. – Toshkent: Navro‘z, 2020. – 139 b.
4. Йўлдошев Ж., Усмонов С. Педагогик технология асослари. – Toshkent: Ўқитувчи, 2004. –102 б.
5. Maxsudova M. Muloqot psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Turon-Iqbol nashriyoti, 2006. – 119 b.