VIDEO ASSISTENT REFERI (VAR) KABI TEXNOLOGIYALARNING SPORT SOHASIGA TA'SIRI.
Keywords:
VAR, sport texnologiyalari, hakamlik, futbol, qaror qabul qilish, raqamli transformatsiya, sport adolatliligi, video tahlil tizimi.Abstract
Mazkur tezisda Video Assistant Referee (VAR) texnologiyasining sport, xususan futbol sohasida qo‘llanilishi bilan bog‘liq huquqiy ziddiyatlar va muammolar kompleks ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida VAR tizimining hakamlik qarorlariga ta’siri, javobgarlik masalalarining noaniqligi, protsessual adolat tamoyillariga muvofiqligi hamda qaror qabul qilish jarayonining shaffofligi o‘rganiladi. Shuningdek, turli ligalar va musobaqalarda VAR qo‘llanishidagi farqlar, yagona standartlarning yetishmasligi hamda texnik imkoniyatlar bilan bog‘liq tengsizliklar sport huquqi nuqtai nazaridan baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, VAR tizimi sportda adolatni ta’minlashga xizmat qilayotgan bo‘lsa-da, uning amaliy qo‘llanilishida huquqiy aniqlik, izchillik va javobgarlikni taqsimlash bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan, maqolada VAR tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari, jumladan, yagona xalqaro reglamentlarni joriy etish, qarorlar shaffofligini oshirish hamda protsessual kafolatlarni kuchaytirish zarurati asoslab beriladi.
Downloads
References
1. BMC Sports Science (2024) “Referee bias and VAR analysis”
2. Совершенствование системы VAR как инструмента справедливой конкуренции совершенствованиею Чибисова Е.И.
3. IFAB (2018). Video Assistant Referee (VAR) Protocol and Implementation Guidelines.
4. Collins, H. (2010). Tacit and Explicit Knowledge in Sports Officiating. University of Chicago Press.
5. Spitz, J., Wagemans, J., Memmert, D., & Williams, A. M. (2021). Video assistant referees (VAR): The impact of technology on decision making in association football referees. Journal of Sports Sciences.
6. Hennig, E. (2022). Technology in sport officiating. Sports Engineering.
7. Лескова И. В., Ермаков Д. Н., Андрющенко Г. И., Распопов С. В., Хмелевская С. А. Актуальные аспекты интеграции постсоветских стран в проекте Евразийского экономического пространства // Обзор европейских исследований. – 2022. – Том 7. – № 6. – С. 231-238;
8. Минакшин Д. Оценка стоимости под риском методом исторического моделирования: подходы к улучшению точности модели // Экономика, статистика и информатика. – 2021. – №3. – 148 c.