ZAMONAVIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA SAIDA ZUNNUNOVANING LIRIK KECHINMALARI TAHLILI

Authors

  • Aliqulova Ra’no Akmal qizi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-kurs magistranti Author

Keywords:

Saida Zunnunova, lirik meros, ayol ruhiyati, sevgi va sadoqat, poetik tasvir, psixologik lirika, Zulfiya, urush mavzusi, ayollik timsol

Abstract

Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining yorqin vakili Saida Zunnunovaning lirik merosi tahlil qilinadi. Shoiraning she’riyatida ayol ruhiyati, muhabbat va sadoqat, ayriliq iztiroblari, onalik tuyg‘ulari hamda hayotning murakkab kechinmalari o‘ziga xos poetik ohangda aks etishi yoritiladi. Zunnunovaning lirikasidagi nozik sezgirlik, samimiy obrazlar, ruhiy teranlik va falsafiy mushohadalar misollar orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, uning ijodining Zulfiya she’riyati bilan mushtarak jihatlari, urush mavzusiga bo‘lgan badiiy yondashuvi va ayollik timsolini yaratish mahorati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida Zunnunova lirikasining o‘zbek ayol she’riyati rivojida muhim o‘rin tutgani aniqlanadi.

References

1.Zunnunova S.Tanlangan asarlar.Uch tomlik.-T.:G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti 1976-1977-y

2.G’afurov I.Lirikaning yuragi.-T,Yosh gvardiya, 1982-y

3.G’afurov I. O’ttiz yil izhori.-T. G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti 1976-1977-y

4.Hasanova H.Baxti kulgan shoiralar.-T.:O’zbekiston,1976

5. Hasanova H.Talantli adiba .-T.:O’zbekiston,1976

Downloads

Published

2026-03-05