XOTIN-QIZLARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK OMILLARNING ROLI
Keywords:
xotin-qizlar, ijtimoiy faollik, psixologik omillar, motivatsiya, o‘z-o‘zini baholash, liderlik, emotsional barqarorlik, kommunikativ kompetensiya.Abstract
Ushbu maqolada xotin-qizlarda ijtimoiy faollikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Jumladan, motivatsiya, o‘z-o‘zini baholash, ijtimoiy ishonch, liderlik qobiliyati, emotsional barqarorlik va kommunikativ kompetensiya kabi omillarning ayollar faolligiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ijtimoiy tashabbuskorligi va faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishda psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan pedagogik-psixologik yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
References
1. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2017.
2. Tojiboyeva D., Yo‘ldoshev M. Pedagogika. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2016.
3. Nishonova Z.T. Shaxs psixologiyasi. – Toshkent: Noshir, 2019.
4. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
5. Musurmonova O.A. Oila pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
6. Qodirova F.R. Gender psixologiyasi asoslari. – Toshkent: Innovatsiya, 2021.