O‘ZBEKISTONDA SUG‘URTA KOMPANIYALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH YO‘NALISHLARI
Keywords:
‘urta bozori, moliyaviy barqarorlik, sug‘urta zahiralari, tavakkalchilik, to‘lov qobiliyati, kapitalizatsiya, qayta sug‘urtalash, likvidlilik, sug‘urta kompaniyasi, korporativ boshqaruv.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida sug‘urta tashkilotlarining kapital yetarliligi, sug‘urta zahiralari, to‘lov qobiliyati, qayta sug‘urtalash tizimi hamda tavakkalchiliklarni boshqarish mexanizmlarining amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mamlakatimizda sug‘urta bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Prezident qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlarning bozordagi moliyaviy barqarorlikka ta’siri tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy mustahkamligini oshirishda raqamlashtirish, korporativ boshqaruv va samarali nazorat tizimining muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ–108-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-maydagi PQ–191-son qarori.
4. “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi Nizom (1882-son).
5. “Sug‘urtalovchilarning to‘lovga qobiliyatliligi to‘g‘risidagi nizom” (1806-son).