ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN O‘SPIRIN QIZLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Tursunpo‘latova Zaxro Zafar qizi Toshkent amaliy fanlar universiteti magistri Author

Abstract

Zo‘ravonlik muammosi hozirgi zamon jamiyatida eng dolzarb ijtimoiy-psixologik muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, o‘spirin yoshdagi qizlar orasida uchraydigan zo‘ravonlik holatlari ularning ruhiy rivojlanishiga, shaxs sifatida shakllanishiga va ijtimoiy hayotga moslashuviga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘spirinlik davri inson hayotidagi murakkab va o‘ziga xos bosqich bo‘lib, bu davrda shaxsning o‘zini anglash jarayoni, dunyoqarashi, axloqiy qarashlari va ijtimoiy munosabatlari shakllanadi [1]. Shu sababli aynan ushbu davrda yuzaga keladigan zo‘ravonlik ta’siri o‘spirin qizlarning psixologik holatida chuqur iz qoldiradi.

References

1. Tursunova N. “Zo‘ravonlik va ijtimoiy himoya: psixologning o‘rni va imkoniyatlari, ”, Tashkent,-2025.

2. Erikson E. H. Identity: Youth and Crisis. New York: Norton, 1968.

3. Vygotsky L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978.

4. Bandura A. Social Learning Theory. Englewood Cliffs: Prentice Hall, 1977.

5. Rogers C. R. On Becoming a Person. Boston: Houghton Mifflin, 1961.

6. G‘oziev E. G. Umumiy psixologiya. Toshkent: O‘qituvchi, 2010.

7. Karimova V. M. Ijtimoiy psixologiya. Toshkent: Fan, 2012.

8. Shoumarov G.B., Oilaviy muhit va bolalar psixikasi, Toshkent, 2014

9. Qodirov B.R., Sunnatova R.I., Pedagogika va yosh psixologiyasi., Toshkent, 2016.

10. Safoyev N.S.. –, Psixokorreksiya metodikasi., T.: Universitet, 2018

11. Safoyev N.S., Raximova D.M., Psixoprofilaktika va psixokorreksiya., Toshkent, 2018

12. Shoumarov G.B. –, Bolalar psixologiyasi va tarbiya., T.: Fan 2015

13. G. E. Shoumarov G.B., Bolalar tarbiyasida psixologik omillar., Toshkent, 2016

14. Yusupova. B., “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz,”, TADQIQOTLAR.UZ, Tashkent, 2024

Downloads

Published

2026-05-11