INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TABIAT FENOMENLARIGA OID FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY TADQIQI
Keywords:
frazeologiya, tabiat fenomeni, qiyosiy tilshunoslik, frazeologik birlik, semantik tahlil, metafora, ingliz tili, o‘zbek tili, struktur xususiyat, funksional tahlil.Abstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi tabiat fenomenlariga oid frazeologik birliklarning qiyosiy tadqiqi amalga oshiriladi. Frazeologik birliklar tilning milliy-madaniy xususiyatlarini, xalqning dunyoqarashi va tafakkurini aks ettiruvchi muhim lingvistik vositalardan biri hisoblanadi. Tabiat hodisalari bilan bog‘liq frazeologizmlar insonning tabiatni anglash jarayoni natijasida shakllanib, turli xalqlarning borliqqa bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Tadqiqotda ingliz va o‘zbek tillaridagi suv, shamol, yomg‘ir, quyosh, osmon va yer kabi tabiat fenomenlari asosida yuzaga kelgan frazeologik birliklarning semantik, struktur va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ikki tildagi tabiat fenomenlariga oid frazeologik birliklarning o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash hamda ularning milliy xususiyatlarini yoritishdan iborat. Tadqiqot davomida qiyosiy-tavsifiy, semantik va komponent tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ingliz va o‘zbek tillarida tabiat fenomenlari asosida shakllangan frazeologik birliklar o‘rtasida umumiy semantik xususiyatlar mavjud bo‘lsa-da, ularning mazmunida xalqning tarixiy taraqqiyoti, yashash muhiti va madaniy qadriyatlari bilan bog‘liq farqlar ham kuzatiladi. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik, frazeologiya va tarjimashunoslik sohalaridagi ilmiy izlanishlarni boyitishga xizmat qiladi.
References
1. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
2. Kunin A.V. English-Russian Phraseological Dictionary. – Moscow: Russkiy Yazyk, 1984.
3. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live By. – Chicago: University of Chicago Press, 1980.
4. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik asoslari. – Toshkent, 2006.
5. Vinogradov V.V. Основные типы фразеологических единиц в русском языке. – Москва, 1977.
6. Mamatov A. O‘zbek frazeologiyasi masalalari. – Toshkent: Fan, 1999.
7. Yusupov U.K. Contrastive Linguistics of the English and Uzbek Languages. – Tashkent, 2013.
8. Oxford Dictionary of English Idioms. – Oxford University Press, 2010.
9. Arnold I.V. The English Word. – Moscow, 1986.
10. Telia V.N. Русская фразеология. – Москва: Наука, 1996.