O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA MA’DAN KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARNING BERILISHI
Keywords:
frazeologik birlik, ma’dan nomlari, semantik modifikatsiya, metafora, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, ko‘chma ma’no, semema, lingvomadaniy xususiyat, qiyosiy tahlil.Abstract
mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi ma’dan nomlari bilan bog‘liq frazeologik birliklarning semantik, lingvokulturologik hamda kognitiv xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda “oltin”, “kumush”, “mis”, “olmos”, “temir” kabi ma’dan komponentli frazeologik birliklarning ko‘chma ma’no hosil qilishdagi o‘rni, metaforik tabiati va milliy-madaniy mazmuni yoritilgan. Shuningdek, leksemalarning nutqiy jarayonda semantik modifikatsiyaga uchrashi, ularning semema tarkibidagi atash va vazifa semalarining o‘zgarishi masalalari tahlil qilingan. Maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning o‘xshash hamda farqli jihatlari lingvokulturologik nuqtayi nazardan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ma’dan nomlari bilan bog‘liq frazeologik birliklarning xalq mentaliteti, tarixiy tajribasi va milliy tafakkurini aks ettiruvchi muhim semantik birlik ekanligini ko‘rsatadi.
References
1. Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. - Т., “Fan va texnologiya”, 2009. –B. 107-108.
2. Sh.Rahmatullayev. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati III. T.: Universitet, 2009. –B.139.
3. Sh.Rahmatullayev, N.Mahmudov, Z.Хоlmanova, I.O‘razova, K.Rixsiyeva. O‘zbek tili frazeologik lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2022. – B.313.
4. Sharipova S.S. O‘zbek tilidagi iboralarning semantik xususiyatlari. Ilmiy va professional ta’lim jarayonida muloqot, fan va madaniyatlar integratsiyasi. №1 2025. –B.153.
5. Cairncross, B. (2018). Who's Who in Mineral Names: Edgar Donald Mountain (1901–1985). Rocks & Minerals, 93(3), 276–278.
6. Madrakhimova, R. Sh. (2023). Characteristics of “Gold”, “Silver” and “Iron” Lexemes in English and Uzbek Languages.
7. Madrakhimova, R. Sh. (2023). Onomastic Units Related to Mines in Languages.