INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA SUD-IQTISODIY EKSPERTIZASINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI: USLUBIY TAVSIYALAR ASOSIDA TAHLIL.

Authors

  • Fayzullayeva Mashhura Rivojdinovna Respublika Sud Ekspertiza Markazi Sud-Iqtisodiy ekspertizasi bo’limi eksperti Author

Keywords:

intellektual mulk, sud-iqtisodiy ekspertiza, mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi, iqtisodiy zarar, boy berilgan foyda, royalty, litsenziya shartnomasi, nomoddiy aktivlar, ekspert tadqiqoti, iqtisodiy baholash.

Abstract

Mazkur maqolada intellektual mulk sohasida sud-iqtisodiy ekspertizasining nazariy-huquqiy asoslari, ekspert tadqiqotlarining predmeti va obyektlari hamda intellektual mulk huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan iqtisodiy zararni aniqlashning uslubiy yondashuvlari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanish holatlarida sud-iqtisodiy ekspertizasining ilmiy-amaliy ahamiyatini ochib berish, ekspertlik faoliyatida qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlarni tizimlashtirish hamda zarar miqdorini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqot davomida normativ-huquqiy hujjatlar, intellektual mulk sohasiga oid uslubiy tavsiyalar, sud-ekspertlik amaliyoti hamda buxgalteriya va moliyaviy hisobot hujjatlari tizimli, qiyosiy-huquqiy va analitik usullar asosida o‘rganildi. Shuningdek, intellektual mulk obyektlarining iqtisodiy qiymatini baholash, litsenziya shartnomalari va royalty to‘lovlarini tahlil qilish, noqonuniy foydalanish oqibatida yuzaga keladigan haqiqiy zarar hamda boy berilgan foydani hisoblashga oid mavjud yondashuvlar ilmiy nuqtai nazardan baholandi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, intellektual mulk bilan bog‘liq sud-iqtisodiy ekspertizalarida ekspert tadqiqoti obyektlari va foydalaniladigan moliyaviy hujjatlar tarkibini tizimlashtirish, zarar miqdorini aniqlashda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan intellektual mulkni tasdiqlovchi hujjatlarning o‘zaro integratsiyasini kuchaytirish hamda iqtisodiy ekspertiza metodikasini yagona yondashuv asosida takomillashtirish zarurligi asoslab berildi. Mazkur ilmiy-amaliy natijalar sud ekspertizasi amaliyotida xulosalarning ishonchliligi va obyektivligini oshirish, intellektual mulk huquqlari buzilishi oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zararlarni aniq hisoblash hamda huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

References

1)Butunjahon intellektual mulk tashkilotining mualliflik huquqi bo‘yicha shartnomasiga (Jeneva, 1996 yil 20 dekabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida 16.02.2019 yildagi O‘RQ-520-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.

2)Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 26.04.2022 yildagi PQ-221-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.

3) O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 20.07.2006 yil O‘RQ-42-son Qonuni

4) O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 2002 yil 29 avgust, 397-II-son Qonuni

5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 23.06.2023 yil №19-son Qarori

6) Abdurahmonov A.A. “Sud iqtisodiy ekspertizasi asoslari”. – Toshkent: “Adolat”, 2018.

7) Karimov N.N. “Intellektual mulk va innovatsiyalar iqtisodiyoti”. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2020.

8) Uspenskaya M.V., Ivanov A.P. “Экономические исследования в сфере интеллектуальной собственности”. – Москва: Юрайт, 2019.

9) Stepanov K.V. “Интеллектуальная собственность: право и экономика”. – Москва: Статут, 2015.

10) Омельянюк Г.Г., Гулевская В.В., Савенко А.С. “Классификация объектов интеллектуальной собственности для целей судебной экспертизы. Теория и практика судебной экспертизы.” Москва, 2022.

Downloads

Published

2026-06-11