YOSHLARNING OAV ISTE’MOL ODATLARI VA MILLIY KONTENT TALABI: SOTSIOLOGIK SO‘ROVNOMA NATIJALARI
Abstract
Zamonaviy O‘zbekiston OAV makonining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash hamda yoshlarning milliy mavzulardagi kontentga munosabatini empirik o‘rganish maqsadida 2024-yil oktyabr – noyabr oylarida 180 nafar respondent ishtirokida onlayn va offlayn sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi. Respondentlar tarkibi: O‘zbekistondagi yosh fuqarolar (18–30 yosh) — 130 nafar (72,2%); xorijdagi o‘zbek diasporasi vakillari (Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, AQSh) — 30 nafar (16,7%); OAV xodimlari va jurnalistlar — 20 nafar (11,1%). Anketa 28 ta savoldan iborat bo‘lib, demografik ma’lumotlar, OAV iste’mol odatlari, milliy kontent talabi va kontentdan qoniqish darajasi bo‘yicha bloklarni qamrab oldi.
References
1. Mo‘minov F. Ommaviy kommunikatsiya nazariyasi: O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti, 2011. — 248 b.
2. Quronov Sh. O‘zbekiston jurnalistikasi tarixi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2003. — 312 b.
3. Do‘stmuhammad X. Jurnalistik ijod asoslari: O‘quv qo‘llanma. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014. — 224 b.
4. Do‘stmuhammad X. Jurnalist bo‘lmoqchimisiz? — Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001. — 168 b.