IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘SMIRLARDA EMOTSIONAL ZO‘RIQISH VA PSIXOLOGIK MOSLASHUVNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Authors

  • Xashimova Sayyora Xolmuradovna Samarqand davlat Chet tillar institute Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi v.b. dotsent (PhD) Author

Keywords:

Imkoniyati cheklangan o‘smirlar, emotsional zo‘riqish, psixologik moslashuv, stress, xavotirlanish, rezilyentlik, ijtimoiy moslashuv, emotsional barqarorlik, inklyuziv ta’lim, psixologik yordam.

Abstract

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan o‘smirlarda emotsional zo‘riqish va psixologik moslashuvning o‘zaro bog‘liqligi muammosi nazariy jihatdan tahlil qilingan. O‘smirlik davrida emotsional rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari, emotsional zo‘riqishlarning shakllanish omillari hamda psixologik moslashuv jarayoniga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, stress, moslashuv va rezilyentlikka oid zamonaviy psixologik yondashuvlar tahlil qilinib, imkoniyati cheklangan o‘smirlarda emotsional zo‘riqish va moslashuv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mexanizmlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari mazkur toifadagi o‘smirlarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularning emotsional barqarorligini mustahkamlash hamda ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy dasturlarni ishlab chiqishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

References

1. Vygotskiy L.S. Osnovy defektologii. – Moskva: Pedagogika, 1983. – 369 s.

2. Bojovich L.I. Lichnost i ee formirovanie v detskom vozraste. – SPb.:Piter,2008.–398 s.

3. Selye H. Stress Without Distress. – New York: McGraw-Hill, 1974. – 192 p.

4. Lazarus R.S., Folkman S. Stress, Appraisal and Coping. – New York: Springer Publishing Company, 1984. – 445 p.

5. Erikson E.H. Identity: Youth and Crisis. – New York: Norton, 1968. – 336 p.

6. Rogers C.R., Dymond R.F. Psychotherapy and Personality Change. – Chicago: University of Chicago Press, 1954. – 447 p.

7. Masten A.S. Ordinary Magic: Resilience in Development. – New York: Guilford Press, 2014. – 370 p.

Downloads

Published

2026-06-11