INKLYUZIV TA`LIMDA BOLALARNING RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Keywords:
inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, ta’lim muhiti, oila va maktab hamkorligi, individual yondashuv.Abstract
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim tizimida bolalarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari yoritilib, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan pedagogik, psixologik, ijtimoiy va oilaviy omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglarning hamkorligi, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, moslashtirilgan o‘quv dasturlari hamda jamiyatda bag‘rikenglik muhitini shakllantirishning ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ham yoritilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son qarori “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
UNESCO. Inclusive Education Guidelines. – Paris, 2019.
Ainscow M., Booth T. Index for Inclusion. – Bristol, 2011.
Xasanboyeva O., va boshqalar. Maxsus pedagogika. – Toshkent, 2018.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi darsligi. – Toshkent, 2019.