O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KORXONA VA TASHKILOTLAR DEMOGRAFIYA

Authors

  • Shnibaev Islam Salamatovich Author
  • Mahambetova Uringul Reimbaevna Author

Keywords:

korxona demografiyasi, tadbirkorlik subyektlari, kichik biznes, mas'uliyati cheklangan jamiyat, chet el investitsiyalari, hududiy taqsimot, tarmoq tuzilmasi, statistik tahlil, iqtisodiy faoliyat.

Abstract

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlar demografiyasining 2021–2025-yillar davridagi holati, tarkibiy xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari statistik tahlil usullari orqali o'rganiladi. Tadqiqot muammositadbirkorlik subyektlari sonining o'sib borishi bilan birga ularning hududiy va tarmoq bo'yicha notekis taqsimlanishida namoyon bo'lmoqda. O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2025-yil 1-yanvar holatidagi rasmiy ma'lumotlari asosida 424,8 mingta faoliyat ko'rsatayotgan korxona tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, savdo sohasida korxonalarning haddan ortiq konsentratsiyasi (32,3%), Toshkent shahri va yirik viloyatlar foydasiga hududiy tengsizlik hamda kichik biznes va mikrofirmalarning umumiy tarkibdagi ulushi 99,0 foizni tashkil etishi aniqlangan. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni besh yil ichida 1,3 barobar oshgan. Maqolada hududiy muvozanatni ta'minlash, tarmoq diversifikatsiyasini kuchaytirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.

References

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. (2025). Korxona va tashkilotlar demografiyasi bo'yicha ma'lumot (2025-yil 1-yanvar holati). Toshkent. URL: https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-komiteta/7523-o-zbekiston-respublikasidagi-korxona-va-tashkilotlar-demografiyasi-bo-yicha-ma-lumot

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoni «Ma'lumotlar bazalarini birxillashtirish to'g'risida». URL: https://lex.uz/docs/5977937

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni «2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida». URL: https://lex.uz/docs/5841063

4. Birch, D. L. (1979). The Job Generation Process. MIT Program on Neighborhood and Regional Change. Cambridge, MA.

5. Audretsch, D. B. (1995). Innovation and Industry Evolution. MIT Press. Cambridge, MA. URL: https://doi.org/10.7551/mitpress/3752.001.0001

6. Geroski, P. A. (1995). What do we know about entry? International Journal of Industrial Organization, 13(4), 421–440. URL: https://doi.org/10.1016/0167-7187(95)00498-X

7. Tursunov, B. A. (2023). O'zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish: holatni baholash va istiqbollar. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 4, 45–58. URL: https://journal.tiu.uz

8. Rashidova, G. M. (2024). Tadbirkorlik muhitini yaxshilashning statistik metodologiyasi. Statistika, buxgalteriya hisobi va audit, 1, 12–21. URL: https://journals.tdiu.uz

9. OECD. (2024). Entrepreneurship at a Glance 2024. OECD Publishing. Paris. URL: https://doi.org/10.1787/82a6d3e3-en

10. World Bank. (2024). Doing Business 2024: Economy Profile of Uzbekistan. World Bank Group. Washington DC. URL: https://www.doingbusiness.org/en/data/exploreeconomies/uzbekistan

Downloads

Published

2026-05-21