“MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA R VA L TOVUSHLARINI KORREKSIYA QILISHDA ZAMONAVIY INNOVATSION METODLAR MAJMUASINING SAMARADORLIGI: GAMIFIKATSIYALASH, VIDEO-DARS, MOBIL ILOVA VA BIOFEEDBACK YONDASHUVI”

Authors

  • Shoabdullayeva Zulfiya Shoraxim qizi Maxsus pedagogika yo’nalishi MSPD-1U guruh magistranti Author

Keywords:

maktabgacha yosh; sonor tovushlar; R tovushi; L tovushi; dislaliya; logopedik korreksiya; gamifikatsiya; video-dars; mobil ilova; biofeedback.

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda sonor tovushlar (R, L) talaffuzi buzilishlarini bartaraf etishda zamonaviy innovatsion metodlar majmuasining samaradorligi baholanadi. Tadqiqot Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5–6 yoshli bolalar ishtirokida o‘tkazildi: 60 nafar bolada skrining-diagnostika amalga oshirilib, asosiy tajriba bosqichiga 40 nafar bola kiritildi. Tajriba jarayonida gamifikatsiyalash, video-dars (video-modeling), mobil ilova asosidagi uy mashqlari va biofeedback elementlari integratsiyalangan holda qo‘llanildi; nazorat sharoitida an’anaviy logopedik mashqlar davom ettirildi. Samaradorlik R va L tovushlarining bo‘g‘in, so‘z, gap va erkin nutqda to‘g‘ri talaffuz qilinishi hamda fonematik farqlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholandi. Olingan natijalar innovatsion metodlar majmuasi logopedik korreksiya jarayonini motivatsion, vizual va tezkor qayta aloqa mexanizmlari orqali kuchaytirishini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-02-22