JADIDLARNING TA’LIM ISLOHOTLARI: YANGI USUL MAKTABLARINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI

Authors

  • Ashirov Ilxomjon O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Tarix fakulteti III bosqich talabasi Author

Keywords:

Jadidchilik harakati, ta’lim islohotlari, yangi usul maktablari, ma’rifatparvarlik, savodxonlik, milliy ong, dunyoviy fanlar, jamiyat taraqqiyoti, Turkiston.

Abstract

Mazkur maqolada XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkistonda shakllangan jadidchilik harakatining ta’lim sohasidagi islohotlari hamda yangi usul maktablarining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Jadidlarning an’anaviy maktab va madrasalardagi ta’lim tizimini zamonaviy bilimlar asosida yangilashga qaratilgan faoliyati, o‘quv dasturlariga dunyoviy fanlarning kiritilishi hamda savodxonlik darajasining oshishiga qo‘shgan hissasi yoritib beriladi. Shuningdek, yangi usul maktablarining milliy ongni shakllantirishdagi ahamiyati tarixiy manbalar asosida ochib beriladi.

References

1. Sh. Turdiyev – “Ular Germaniyada o’qigan edilar” Toshkent: Akademnashr, 2011. – 160 b.

2. A. Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 160 b.

3. J. Jovliyev “Qo‘rqma” Toshkent: Akademnashr, 2020. – 240 b.

4. J.Xursanov “Jadidlarning turkiston o'lkasi ta'lim sohasida amalga oshirgan islohotlari.” Ilmiy maqola. – Toshkent, 2020. – B. 10–58.

5. D.Kamolova “Buxoroda jadidchilik harakati” (doktorlik dissertatsiyasi). – Toshkent, 2018.

Downloads

Published

2026-02-28