O‘ZBEK TILIDA MIFOTEONIMLARNING QO‘LLANISHI

Authors

  • Xabibullayeva Dilobar Shukurrullo qizi Author
  • Sharafutdinova N Author

Keywords:

Xudo, Parvardigor, Olloh muqaddas nomlar, teonmimlar

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida qo‘llanilgan o‘zlashgan teonimlar masalasi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, “Dunyoning ishlari” asarlari hamda Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani misolida tahlil qilinadi. Maqolada teonimlarning badiiy matndagi o‘rni, ularning qahramon nutqi va muallif g‘oyasini ochib berishdagi ahamiyati yoritiladi. Tahlil jarayonida teonimlarning asosan xalqona tafakkur, diniy dunyoqarash, taqdirga ishonch va ma’naviy qadriyatlarni ifodalash uchun xizmat qilgani aniqlanadi. Shuningdek, ushbu birliklar orqali asarlarning milliy ruhini kuchaytirish, obrazlar xarakterini chuqurlashtirish va tarixiy hamda ijtimoiy muhitni aks ettirish masalalari ko‘rsatib beriladi. Maqola natijalari o‘zlashgan teonimlarning o‘zbek badiiy adabiyotida muhim lingvistik va estetik vosita ekanini asoslashga xizmat qiladi.

References

1. Ҳошимов, Ў. Дунёнинг ишлари. Тошкент: Шарқ нашриёти, 2016.

2. Исломова, Н. Ўзбек халқ мақолларида теонимлар, 2019.

3. Раҳмонов, А. Ўзбек тилида диний лексика: тизим ва маъно масалалари, 2016.

4. Турсунов, У. Туркий тилларда теонимлар тарихи ва семантикаси. Тошкент: Фан. 2005.

Downloads

Published

2026-03-30