ZAMONAVIY OILALAR BILAN ISHLASHDA IJTIMOIY ISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
oila, ijtimoiy ish, ijtimoiy xodim, oilalar bilan ishlash, oilalar bilan ishlash usullari, oilalar bilan individual (yakka tartibda) ishlash usuli, oilalar bilan guruhli ish usuli, oilalar bilan tizimli yondashuv usuli, oilaviy terapiya usuli, oilalar uchun psixologik maslahat, oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash usuli, oilalar bilan profilaktika va targʻibot ishlari usuli.Abstract
Mazkur maqolada oila tushunchasining mohiyati, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilingan. Oila inson hayotidagi eng muhim ijtimoiy institut sifatida qaralib, unda shaxsning shakllanishi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning rivojlanishi hamda ijtimoiy munosabatlarning mustahkamlanishi asosiy o‘rin tutishi yoritilgan. Shuningdek, maqolada oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonning ijtimoiylashuvi, tarbiyasi va farovonligini ta’minlashdagi roli keng ochib berilgan. Maqolada ijtimoiy ishning mazmun-mohiyati, uning asosiy vazifalari hamda ijtimoiy xodimlarning oilalar bilan ishlashdagi kasbiy faoliyati atroflicha bayon etilgan. Ijtimoiy xodimlarning mijozlarga nisbatan mas’uliyati, ularning huquqlarini himoya qilish, ishonchli munosabat o‘rnatish, maxfiylikka amal qilish, tenglik va adolat tamoyillariga rioya etish kabi muhim jihatlar alohida ta’kidlangan. Shu bilan birga, ijtimoiy xodimlar faoliyatida insonparvarlik, bag‘rikenglik va professionallik asosiy mezon sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, maqolada oilalar bilan ishlashning asosiy tamoyillari va metodlari tizimli ravishda yoritilgan. Xususan, individual (yakka tartibda) ishlash, guruhli ish usuli, tizimli yondashuv, oilaviy terapiya, psixologik maslahat berish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda profilaktika va targ‘ibot ishlari kabi zamonaviy yondashuvlar keng tahlil qilingan. Maqola oilalar bilan ishlashning nazariy va amaliy jihatlarini kompleks tarzda yoritib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini takomillashtirish hamda oilaviy farovonlikni oshirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy-amaliy manba hisoblanadi.
References
1. https://www.gazeta.uz/oz/2018/07/25/prezident/
3. Fitrat, Abdurauf. Oila yoki oila boshqarish tartiblari / A. Fitrat; tarjimon va izohlar muallifi Sh. Vohidov; mas’ul maharrir H. Boltaboyev. — Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2013 — 144 b.
4. Gʻulom X., Qizi S. G. A. OILA TUSHUNCHASI VA OILADAGI IJTIMOIY MUNOSABATLAR TIZIMI //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. – 2022. – Т. 1. – №. 2. – С. 135-140.
5. N.Latipova, E.Zaitov. Oilalar bilan ijtimoiy ish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2023. 284 b.