QO‘SH EKINLARNI PAXTA TOLA SIFATIGA TA’SIRI
Keywords:
G‘o‘za, mosh, no‘xat, loviya, qo‘sh ekin, tola, vazn, tola chiqimi, ko‘chat qalinligi.Abstract
G‘o‘za parvarishida zamonaviy resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llab tola sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan mahsulot yetishtirish bozorning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Namangan viloyatining och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qo‘llab g‘o‘za bilan birga qo‘sh ekin sifatida mosh, no‘xat va loviyani g‘o‘za qator oralarida 166 va 83 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlanganda paxta tola sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlili keltirilgan. Olingan natijalar g‘o‘za bilan qo‘sh ekinlar parvarishlanganda bitta ko‘sakdagi paxta vazni, ming dona chigit vazni, tola chiqimi yuqori bo‘lib mikroneyr ko‘rsatkichi yaxshi bo‘lganligi aniqlandi. Ushbu holat boshqa tola sifat ko‘rsatkichlarida ham takrorlandi. Demak g‘o‘za bilan birga qo‘sh ekinlar yetishtirganda tola sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishiga ijobiy ta’sir etishi aniqlandi.
References
1. Abdulxaqov F.X., Isashov S.A., Tursunov P.I. suvtejamkor tomchilatib sug‘orish usulining g‘o‘zani o‘sib-rivojlanishi va paxta tolasining texnologikxo‘jalik ko‘rsatkichlariga ta’sir // Academic Research in Educational Sciences.-2022. - T.6. - № 3. - Pp 1061-1066
2. Bekmurodov X.T. C and partnyer crops growth, development and productivity of mosh and shadow // Международная научно-практическая 44 конференция «Проблемы научно-практической деятелности. поиск и выбор инноватсионных решений» 2-част (17 декабря 2021 г., г, Омск) 98-100 с.
3. Iminov A., Aliqulov E. G‘o‘zaning quruq massa to‘plashi, hosildorligi va uning sifatiga o‘tmishdosh ekinlarning ta’siri / Agro Ilm maxsus son -2019. 6-7 b.
4. Jo‘rayeva Q. va bosh. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlaridan samarali foydalanish //Science Promotion. – 2023. – T. 1. – №. 1. – B. 236-244.
5. Nurmatov Sh. va bosh. Hamkor ekinlarni tuproq unumdorligi past yerlarda g‘o‘za bilan parvarishlanganda g‘o‘za hosildorligiga ta’sir //Prospects of development of science and education. – 2023. – T. 19. – №. 23. – Pp. 181-184