ANAMNEZIDA GIPERPROLAKTINEMIYA MAVJUD BO'LGAN AYOLLARDA BEPUSHTLIKNI TASHXISLASHNI OPTIMALLASHTIRISH.

Authors

  • Toshpo’latova G. Sh Author
  • Xikmatova N. I Author

Abstract

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda ayollarda bepushtlik muammosi nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, reproduktiv yoshdagi juftliklarning sezilarli qismi bepushtlik muammosiga duch kelmoqda va uning muhim sabablaridan biri endokrin tizim faoliyatidagi buzilishlar bilan bog‘liqdir. Endokrin bepushtlik tarkibida esa giperprolaktinemiya alohida o‘rin tutadi. Prolaktin gormoni gipofiz bezining oldingi bo‘lagida ishlab chiqarilib, asosan laktatsiya jarayonini boshqaradi, biroq uning me’yordan ortiq ajralishi ayol organizmida chuqur gormonal disbalansni keltirib chiqaradi.

Downloads

Published

2026-01-30