O‘SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR KO‘RINISHLARINING NAMOYON BO‘LISHI
Keywords:
o‘smirlik, salbiy xulq-atvor, deviant xatti-harakatlar, psixologik omillar, ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, profilaktika, pedagogik yondashuv, psixokorreksiya, tarbiyaviy chora-tadbirlar.Abstract
Mazkur maqolada o‘smirlik davridagi salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari – tajovuzkorlik, beparvolik, ijtimoiy qoidalarni buzish, ota-onaga qarshi chiqish, maktabdan qochish va yomon muhit ta’siriga berilish kabi holatlar tahlil qilinadi. Ushbu muammolarning kelib chiqish sabablari psixologik, ijtimoiy va oilaviy omillar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda o‘smirlarning ruhiy holati, atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlari va shaxsiy ehtiyojlarining o‘zaro ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, bunday salbiy ko‘rinishlarni oldini olish va ularni bartaraf etishning samarali psixologik va pedagogik yondashuvlari tavsiya etiladi. Maqola ta’lim muassasalaridagi psixologlar, tarbiyachilar hamda ota-onalar uchun foydali nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
References
1. G‘oziyev E.E. Psixologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. – 276 b.
2. Avezov O.R., Ruziyev N.I. Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari. – Buxoro: Kamolot nashriyoti, 2024. – 256 b.
3. Mavlonova R.X. Pedagogik va yosh psixologiyasi. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2021. – 218 b.
4. Karimov F. Yoshlarda ijtimoiy moslashuv va xulq nazorati. – Samarqand, 2022.
5. Nurmatova D. O‘smirlar psixologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2023.
6. Respublika psixologik xizmat markazi 2024-yilgi monitoring hisobotlari.