O‘ZBEKISTON UCHUN KUCHLI “AQL MARKAZLARI” ZARUR
Keywords:
Aql markazlari, think tanklar, Yangi O‘zbekiston, davlat boshqaruvi, strategik rejalashtirish, milliy manfaatlar, institutsional o‘zgarishlar, tahliliy faoliyat, kadrlar salohiyati, strategik dasturlar, xalqaro hamkorlik, integratsiya.Abstract
Mazkur tezis O‘zbekiston uchun milliy “aql markazlari”ning strategik o‘rni va ahamiyati qanday ekanligi haqidagi savolga javob beriladi. Muallif dunyoning yetakchi davlatlari tajribasiga tayangan holda, tahliliy markazlar nafaqat ilmiy muassasa, balki davlat siyosatini asoslovchi, milliy manfaatlarni ilgari suruvchi va murakkab vaziyatlarda muqobil yechimlar taklif etuvchi muhim institut ekanini asoslab beradi. Tezisda ushbu tuzilmalarning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ichki islohotlar samaradorligini oshirish, tashqi siyosatni ilmiy asoslash hamda xavfsizlikka oid muammolarni prognoz qilishdagi funksiyalari keng yoritilgan. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston davrida — xususan, 2017–2025-yillar oralig‘ida — tahliliy markazlarning tashkiliy tuzilmasi, faoliyat yo‘nalishlari va davlat boshqaruvidagi o‘rni sezilarli darajada o‘zgargani ko‘rsatib beriladi. Mazkur davrda ular oddiy maslahat beruvchi tuzilmadan strategik qarorlar ishlab chiqilishida bevosita ishtirok etuvchi professional institutlarga aylangani alohida ta’kidlanadi.
References
1. Shavkat Mirziyoev: Jamiyat Hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir//Шавкат Мирзиёев: Жамият ҳаётининг танаси иқтисодиёт бўлса, унинг жони ва руҳи маънавиятдир
2. Tulyakov E. “O‘zbekistonda aql markazlarining davlat boshqaruvidagi ishtirokini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy jihatlari”. PhD dissertatsiyasi. JIDU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi dsc.11/10.01.2024.yu.24.04 raqamli ilmiy kengashning yuridik fanlar falsafa doktori (phd) himoyalari o‘tkazildi//JIDU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/10.01.2024.yu.24.04 raqamli Ilmiy Kengashning yuridik fanlar falsafa doktori (PhD) himoyalari o‘tkazildi - UWED
3. To‘rayev A. The interpretation of the “Pax Americana” concept by neoconservative think tanks//Oriental Journal of History, Politics and Low. 2026. pp-376-384
4. Turayev A. AQShda “Aql markazlar”ning vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari//Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti. 2026. pp-176-182