HOZIRGI KUNDA MTTLDA BOLALARNING RIVOJLANISHIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI

Authors

  • Navruzova Aziza Tolibovna 56-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, tarbiyachi Author

Keywords:

maktabgacha ta'lim, psixologik yondashuv, bolalarning rivojlanishi, o'yin terapiyasi, ijtimoiy-emotsional rivojlanish, tarbiyachi, oilaviy hamkorlik.

Abstract

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi jarayonida psixologik yondashuvning o'rnini va ahamiyatini o'rganish zamonaviy ta'lim tizimining insonparvar asoslariga asoslangan rivojlanishi uchun dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada 56-sonli DMTTda amaliyotda qo'llanilayotgan psixologik yondashuvlar tahlil qilinib, ularning bolalarning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot doirasida 2024–2025-o'quv yilida 5–7 yoshdagi 45 nafar bola va ularning ota-onalari bilan ish olib borildi. Natijalarda ko'rsatilishicha, doimiy psixologik kuzatuv ostida bo'lgan bolalarda nutq rivojlanishi 23%, ijtimoiy faollik 31%, maktabga tayyorgarlik darajasi esa 28% ga oshgan. Shuningdek, o'yin terapiyasi, art-terapiya va musiqa psixologiyasi kabi innovatsion metodlarning qo'llanilishi orqali bolalarning hissiy barqarorligi va o'ziga ishonchi oshirilgan. Maqolada shuningdek, tarbiyachi va psixolog o'rtasidagi samarali hamkorlikning amaliy modellari, oila bilan integratsiyalashgan psixologik ishlar tizimi hamda bolalarning individual xususiyatlariga moslashtirilgan tarbiya usullari taklif etilgan. Olingan natijalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni takomillashtirish, tarbiyachilarning psixologik kompetensiyasini oshirish hamda bolalarning barqaror shaxsiyatini shakllantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. — Toshkent, 2023.

2. Vygotskiy L.S. Pedologiya va bolalarning rivojlanishi. — Toshkent: O'qituvchi, 1982. — 320 b.

3. Piaget J. Bolalarning kognitiv rivojlanishi. — Moskva: Progress, 1969. — 288 s.

4. UNICEF. Early Childhood Development: The Key to a Full Life. — New York, 2023. — 82 p.

5. Axmedova D.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari // Pedagogika va psixologiya. — 2023. — No. 4. — B. 33–41.

Downloads

Published

2026-02-16