OGAHIY IJODIDA FASLLAR TASVIRI: "QISH" VA "NAVRO‘Z" G‘AZALLARINING BADIIY TAHLILI
Keywords:
Muhammad Rizo Ogahiy,Abstract
Mazkur maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning "Qish" va "Navro‘z" g‘azallari badiiy tahlil qilinadi. Ushbu asarlarda qish va bahor fasllari tasvirlanib, ular bir-biriga zid olam sifatida talqin etiladi. "Qish" g‘azalida qishning sovuq va shiddatli kelishi inson hayotidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq tarzda tasvirlangan bo‘lsa, "Navro‘z" g‘azalida bahorning kelishi, quvonch va yangilanish ramzi sifatida madh etiladi. Maqolada tazod, tashbeh, istiora, mubolag‘a kabi badiiy san’atlarning qo‘llanilishi tizimli ravishda tahlil qilinadi.
Downloads
References
1. Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 6 jildlik / Nashrga tayyorlovchi S. Dolimov. 1–2-jildlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at, 1972.
2. Avazova G. Muhammad Rizo Ogahiy va mumtoz adabiyot. – Toshkent, 2015.
3. Ishoqov Y. Ogahiy ijodi va adabiy merosi. – Toshkent, 1995.
4. Umarova Sh. Ogahiy lirikasi va o‘ziga xos xususiyatlari. – Qashqadaryo, 2022.
5. Ubaydullayev A. Ogahiy ijodida fasl tasviri. – Toshkent, 2018.