BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA HARAKAT FAOLLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Keywords:
Boshlang‘ich sinf, jismoniy tarbiya, harakat faolligi, raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuv, o‘yinlashtirish, sog‘lom turmush tarzi.Abstract
Mazkur tezisda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakat faolligini oshirish masalasi jismoniy tarbiya darslari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Videomateriallar, animatsion mashqlar, interfaol topshiriqlar va o‘yinlashtirish elementlari asosida tashkil etilgan darslarning o‘quvchilarning jismoniy faolligi, mashqlarga bo‘lgan qiziqishi hamda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan munosabatiga ijobiy ta’siri asoslab berilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar orqali individual yondashuvni ta’minlash, dars jarayonini nazorat qilish va pedagogik samaradorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Downloads
References
1. Abdullayev A.A. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018. — 320 b.
2. Xo‘jayev F.X., Karimov B.Sh. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish metodikasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. — 210 b.
3. Usmonov S.M. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari // Xalq ta’limi jurnali. — Toshkent, 2020. — №4. — 45–49-b.
4. Qodirova N.R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harakat faolligini rivojlantirishning pedagogik asoslari // Pedagogik ta’lim jurnali. — Toshkent, 2021. — №2. — 62–66-b.
5. To‘xtayev J.T. Jismoniy tarbiya darslarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi // Ilm-fan va ta’lim ilmiy-amaliy jurnali. — Andijon, 2020. — №3.92-b.
6. Rahmonov U.S., Ismoilova D.K. Raqamli texnologiyalar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish. — Samarqand: Zarafshon, 2021. — 184 b.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitish bo‘yicha metodik tavsiyalar. — Toshkent, 2022. — 56 b.
8. Normurodov A.B. Boshlang‘ich ta’limda sog‘lomlashtiruvchi texnologiyalarni qo‘llash // Sog‘lom avlod jurnali. — Toshkent, 2019. — №1. — 33–37-b.