BOBURNING TARIXDA SHOH VA SHOIR HAMDA BUYUK DAVLAT ASOSCHISI SIFATIDA TUTGAN OʻRNI
Keywords:
mumtoz adabiyot, Sharq uyg‘onish davri, temuriylar davri, tarixiy shaxs, davlat arbobi, sarkardalik faoliyati, memuar janri, avtobiografik asar, tarixiy xronika, badiiy-hujjatli manba, tarixiy haqqoniylik, manbashunoslik ahamiyati, adabiyot va tarix uyg‘unligi, harbiy yurishlar, siyosiy islohotlar, diplomatik munosabatlar, ichki va tashqi siyosat, siyosiy barqarorlik.Abstract
Mazkur ilmiy maqola Temuriylar renessansining yirik vakili, buyuk sarkarda, davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Boburning jahon sivilizatsiyasi tarixida tutgan o‘rnini fundamental tadqiq etishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda Movarounnahrdagi o‘zaro ichki nizo va feodal urushlar fonida Bobur shaxsiyatining shakllanishi, uning Markaziy Osiyodan Afg‘oniston va Hindiston sari bosib o‘tgan murakkab geosiyosiy yo‘li tarixiy-qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada Bobur tomonidan asos solingan Hindistondagi Markazlashgan Boburiylar saltanatining (Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy asoslari, ushbu sulolaning Hind yarim orolida me’morchilik va san’at rivojiga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Xususan, muallif "Boburnoma" asarining o‘sha davr tabiiy fanlari, astronomiya, etika va davlat boshqaruvi prinsiplarini o‘rganishdagi beqiyos ahamiyatini asoslab beradi. Shoir lirikasi esa insoniy iztirob, vatan sog‘inchi va komil inson konsepsiyasi nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Maqola Bobur merosini nafaqat milliy, balki umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida xulosa qiladi.
Downloads
References
1."Boburnoma". Zahiriddin Muhammad Bobur
2."Bobur va Mungallar tarixi" X. Yoqubov
3. "Mungallar tarixi". A. Sobirov
4."Babur: Timurid Prince and Munghal Emperor". Stephen F. Dale
5. "Baburnama: Memoirs of Babur, Prince and Emperor" translated by Anette Susannah Beveridge.