AQLI ZAIF O‘QUVCHILARDA TABIATSHUNOSLIK KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
aqli zaif o‘quvchilar, ekologik ta’lim, tabiatshunoslik, ekologik madaniyat, tabiiy fan, ekologik ong, atrof-muhitni muhofaza qilish, maxsus ta’lim, ekologik tarbiya, vatanparvarlik.Abstract
Ushbu maqolada aqli zaif o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishda tabiiy fanlarni o‘qitishning o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan. Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga qaratilayotgan e’tibor maxsus ta’lim tizimida ham o‘z aksini topmoqda. Maqolada aqli zaif o‘quvchilarga ekologik ta’lim berishning mazmuni, usullari va amaliy ahamiyati yoritilib, ularning tabiat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglashlari, ekologik va huquqiy ongni rivojlantirish, tabiatni asrashga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, tabiiy fan darslari orqali o‘quvchilarda hayot xavfsizligi, gigiyena, mehnat, estetik va vatanparvarlik tarbiyasi bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishning ahamiyati asoslab berilgan. Aqli zaif o‘quvchilarda tabiatshunoslik kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari ta’lim muhitining ta’limiy, tarbiyaviy, ijtimoiy-madaniy, moslashuvchan vazifalarini korreksion ta’lim amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2023 yil 31 maydagi PF-81-son farmoni
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori.
3. Афанасьева P.A. Умственное воспитание дошкольников с нарушениями интеллекта в процессе ознакомления с явлениями и объектами неживой природы. дис.... канд. пед. наук. – М., 2016.
4. Po‘latova P. Maxsus maktablarda ekologik ta”lim-tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa-ijodiy uyi, 2009.
5. Po‘latova P. Maxsus pedagogika. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa-ijodiy uyi, 2005.