O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI SUG‘URTA (INSURTECH) XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
sug‘urta bozori, raqamli sug‘urta, InsurTech, elektron sug‘urta polisi, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalar, sug‘urta xizmatlari, innovatsiyalar,O‘zbekiston.Abstract
Hozirda o‘zining foydaliligi va ahamiyati bilan raqamli sug‘urtalash jarayoni xalqaro iqtisodiyotda va kundalik hayotda katta e’tiborga ega va so‘nggi yillarda uning aktualligi O‘bekistonda ham kuzatilmoqda. Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonda raqamli sug‘urta (InsurTech) xizmatlarini rivojlantirishning masalalari hamda ularning sug‘urta bozori samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda sug‘urta sohasini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, elektron sug‘urta polislarini joriy etish, raqamli platformalar, sun’iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalarining sug‘urta xizmatlari sifatiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, sug‘urta bozorini raqamlashtirish jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning amaliy yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida InsurTech texnologiyalarini keng joriy etish, sug‘urta xizmatlarining ochiqligi va tezkorligini oshirish hamda aholining sug‘urta madaniyatini yфчыршдфыр yo‘llari tahlil qilingan.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi PQ–108-son qarori “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi. Sug‘urta bozorini rivojlantirish va raqamlashtirishga oid rasmiy ma’lumotlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasi (2026–2030). (Центральный Банк Узбекистана)
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz).
5. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasidagi raqamlashtirish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar. (egov.uz)