SHARQ MUMTOZ ADABIYOTIDA HIKOYA ICHIDA HIKOYA USULINING BADIIY IMKONIYATLARI (NAVOIYNING “SABBAYI SAYYOR” DOSTONI MISOLIDA)
Keywords:
Alisher Navoiy, “Sаbbаyi sаyyоr”, hikoya ichida hikoya, kompozitsiya, Bahrom obrazi, ramziylik, badiiy usul, mumtoz adabiyot, g‘oyaviy mazmun.Abstract
Mazkur maqolada Alisher Navoiy “Sаbbаyi sаyyоr” dostonida qo‘llagan hikoya ichida hikoya usulining badiiy va g‘oyaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Asarda yetti musofir sayyoh tomonidan bayon etilgan hikoyatlarning asosiy syujet bilan uzviy bog‘liqligi, ularning Bahrom obrazi ruhiy evolyutsiyasidagi o‘rni yoritiladi. Hikoya ichida hikoya usuli orqali ramziy ifoda va didaktik mazmunning kuchayishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot davomida ichki hikoyalar nafaqat syujetni boyituvchi unsur, balki insoniy kamolot, ishq va axloqiy tanlov masalalarini chuqur yorituvchi badiiy mexanizm sifatida talqin etiladi. Maqola natijalari “Sаbbаyi sаyyоr” dostonining kompozitsion mukammalligi va Navoiy ijodida hikoyat janrining o‘rni haqida ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
References
1. Аbdinаzаrоvа Mоhichehrа. “SАBBАYI SАYYОR DОSTОNINING BОBLАR BОʻYICHА TАVSIFI” PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI. Dekabr, 2025
2. Алишер Навоий. Сабъаи Сайёр. Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-манбаа бирлашмаси. Тошкент.1991
3. Аbdullаev,О.(2015). О‘zbek epik аdаbiyоti tаrixi. Tоshkent: Fаn.
4. Sоbirоv,А.(2018). Sаbbаyi sаyyоr dоstоnining tаhlili. Tоshkent: Shаrq.
5. Mirzаev,B.(2012). Xаlq dоstоnlаri vа ulаrning bаdiiy xususiyаtlаri. Tоshkent: Аkаdemiyа.
6. Hаmidоv,T.(2017). Bоblаr bо‘yichа epic dоstоnlаrni о‘rgаnish metоdikаsi. Sаmаrqаnd: Ilm-fаn