TARIXIY ROMANLARDA ONOMASTIK BIRLIKLARNING BADIIY VAZIFASI.(YULDUZLI TUNLAR ROMANI MISOLIDA).
Abstract
Tarixiy roman janrida til birliklari, xususan, onomastik vositalar muhim poetik va kompozitsion ahamiyat kasb etadi.Onomastika (antroponimlar, toponimlar, etnonimlar, gidronimlar, oronimlar va boshqalar) badiiy matnda nominativ funksiyadan tashqari estetik, ramziy va g'oyaviy yukni ham o'zida mujassamlashtiradi. Ayniqsa, tarixiy romanlarda onomastik birliklar asarning tarixiy asosini mustahkamlash, davr ruhini jonlantirish hamda milliy koloritni yaratishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Primqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani o'zbek tarixiy nasrining yorqin namunalaridan biri bo'lib, unda onomastik birliklar tizimi asarning g'oyaviy-badiiy konsepsiyasini shakllantirishda alohida o'rin tutadi. Asar buyuk sarkarda va shoir Z.M.Bobur hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan bo'lib, undagi tarixiy shaxs nomlari, joy nomlari va sulola atamalari voqealarning real tarixiy zaminga ega ekanini ko'rsatadi.
References
1. Begmatov E. O'zbek onomastikasi asoslari. Toshkent: Fan, 2010.
2. Nurmonov A, Mahmudov N. O'zbek tilining nazariy grammatikasi- Toshkent, O'qituvchi: 2014.
3. Qodirov P. Yulduzli tunlar Toshkent: Sharq nashriyoti 2019.
4. Qo'ng'urov R. Badiiy matn lingvistikasi. Toshkent: Akademnashr, 2016.
5.Sodiqov Q. Tarix va badiiy tafakkur. Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.
6. Z.M.Bobur Boburnoma, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.