ABU NASR FAROBIYNING “FOZIL ODAMLAR SHAHRI” ASARIDAGI ARISTOTEL VA AFLOTUN G‘OYALARI
Keywords:
Abu Nasr Farobiy, Sharq falsafasi, adolatli jamiyat, davlat turlari, fozil rahbar, yunon faylasuflari, Aristotel, Aflotun.Abstract
Mazkur maqolada Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” (asl nomi Risola fi aro ahl al-madina al-fazila) asari tahlil qilinadi. Undagi falsafiy qarashlar bevosita antik davr mutafakkirlari — Aflotun va Aristotel ta’limotlariga asoslanadi. Muallif ushbu asar orqali komil inson va adolatli jamiyat haqidagi g‘oyalarini ilgari suradi. Asarda jamiyatning kelib chiqishi va zarurati, shahar va davlat turlari, fozil rahbar obrazi, inson tanasi a’zolari bilan qiyoslash kabi masalalar yoritilgan. Sharq falsafasida, xususan, Farobiy va undan keyingi mutafakkirlar bu ikki yunon faylasufining qarashlarini bir-biriga zid emas, balki o‘zaro to‘ldiruvchi ta’limot sifatida talqin qilganlar.
Shuningdek, asarda turli bo‘limlar mavjud bo‘lib, ular orasida “Arastu falsafasi”, “Ilmning kelib chiqishi”, “Ilmlar tasnifi haqida” kabi risolalar muhim o‘rin egallaydi.
References
1.Mirmuhsin Mahdiy – “Al-Farabi and the Foundation of Islamic Political Philosophy”(2010) 125-147
2.Abdusodiq Irisov filologiya fanlar doktori-“Farobiy haqida”(2018) 3-16.
3.Muzaffar Xayrullayev falsafa fanlar doktori-“Forobiy haqida”(2018)3-9
4.Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti (1993)
5.Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”,”Yangi asr avlodi”(2018)