OʻZBEK XALQ OGʻZAKI IJODIDA DOSTONLARNING TUTGAN OʻRNI VA IJTIMOIY-MAʼNAVIY AHAMIYATI

Authors

  • Sharipova Gulsevar Author
  • Ozoda Anorqulova Author

Keywords:

Folklor, epik anʼana, doston, baxshi, dostonchilik maktablari,

Abstract

Ushbu maqolada oʻzbek xalq ogʻzaki poetik ijodiyotining eng yirik epik janri boʻlmish dostonlarning milliy madaniyat, tarixiy xotira va ijtimoiy tafakkur taraqqiyotidagi oʻrni atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqotda dostonlarning gʻoyaviy-tasnifiy xususiyatlari, baxshichilik sanʼatining hududiy-uslubiy maktablari hamda epik asarlarning xalq dunyoqarashini shakllantirishdagi transformatsion funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlarning bugungi kunda yosh avlod tarbiyasidagi estetik, falsafiy va pedagogik ahamiyati ilmiy asosda ochib berilgan.

Downloads

Published

2026-05-25