FARG‘ONA VILOYATIDA O‘SUVCHI CISTANCHE SALSA (C.A.MEY.) BECK O‘SIMLIGI ORGANLARIDA MAKRO- VA MIKROELEMENTLARNING TAQSIMLANISHI
Keywords:
Cistanche salsa, Orobanchaceae, makroelementlar, mikroelementlar, ICP-OES, kaliy, natriy, temir, mineral tarkib.Abstract
Ushbu tadqiqotda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Qiziltepa qumlik hududida tabiiy holda o‘suvchi Cistanche salsa (C.A.Mey.) Beck o‘simligining urug‘i, yerustki va yerosti poyalaridagi mineral elementlar tarkibi o‘rganildi. O‘simlik namunalarining element tarkibini aniqlashda induktiv bog‘langan plazmali optik-emission spektrometriya (ICP-OES) usulidan foydalanildi. Tadqiqot natijalari mineral elementlarning o‘simlik organlari bo‘yicha bir xil taqsimlanmaganligini ko‘rsatdi. Makroelementlardan kaliy (K) va natriy (Na), mikroelementlardan esa temir (Fe), rux (Zn), marganes (Mn), stronsiy (Sr), bariy (Ba) va boshqa elementlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari organlar kesimida farqlanishi aniqlandi. Shuningdek, mishyak (As), simob (Hg) va surma (Sb) kabi elementlarning miqdori ham baholandi. Olingan natijalar Qiziltepa hududida o‘suvchi C. salsa ning element tarkibi va mineral elementlarning organlar bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlarini tavsiflashga imkon beradi.
References
1. Каржаубекова Ж.Ж., Гемеджиева Н.Г., Набиева Ж.С. С фитохимическим исследованиям Cistanche salsa (Orobanchaceae) // Химия растительного сырья. – 2016. – № 4. – С. 123–130.
2. Bao B., Tang X.Y., Tian H., Tong Y., Wu W.H., Hong Y.K. Antioxidant activity of extracts from desert living Cistanche tubulosa (Schrenk) R. Wright // Shanghai Journal of Traditional Chinese Medicine. – 2010. – Vol. 44. – P. 68–71.
3. Morikawa T., Pan Y., Ninomiya K., Imura K., Matsuda H., Yoshikawa M., Yuan D., Muraoka O. Acylated phenylethanoid oligoglycosides with hepatoprotective activity from the desert plant Cistanche tubulosa // Bioorganic & Medicinal Chemistry. – 2010. – Vol. 18, No. 5. – P. 1882–1890.
4. Jiménez C., Riguera R. Phenylethanoid glycosides in plants: structure and biological activity // Natural Product Reports. – 1994. – Vol. 11, No. 6. – P. 591–606.
5. Morikawa T., Ninomiya K., Imamura M., Akaki J., Fujikura S., Pan Y., Yuan D., Yoshikawa M., Jia X., Li Z., Muraoka O. Acylated phenylethanoid glycosides, echinacoside and acteoside from Cistanche tubulosa, improve glucose tolerance in mice // Journal of Natural Medicines. – 2014. – Vol. 68, No. 3. – P. 561–566.